Электронный тезаурус узбекского языка

Print

Himoyachi

Адвокат

Lawyer

Комментарий: Jinoyat, ma’muriy yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularga yuridik yordam ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs.
Пример: Sud majlisi davomida himoyachi tomonidan taqdim etilgan yangi dalillar ayblanuvchining hodisa sodir bo‘lgan vaqtda boshqa joyda bo‘lganligini (alibi) tasdiqladi.
Etimalogiyasi: Himoyachi" so‘zining asosi arab tilidagi "himoat" (حمایت) so‘ziga borib taqaladi. Arab tilida "himoat" – asrash, qo‘riqlash, pana bo‘lish, homiylik qilish ma’nolarini anglatadi. O‘zbek tiliga o‘tishi: Ushbu so‘z o‘zbek tiliga o‘zlashganidan so‘ng, uning fonetik shakli o‘zgarib, "himoya" ko‘rinishini olgan. Sh. Rahmatullayevning "O‘zbek tilining etimologik lug‘ati"da ushbu so‘zning arabcha o‘zagi va uning turkiy tillardagi semantik taraqqiyoti bayon etilgan.
Derevatsion yasalishi: "Himoyachi" so‘zi affiksatsiya (qo‘shimcha qo‘shish) usulida yasalgan shaxs otidir.Model: [Ot + -chi] Shaxs oti (Kasb oti)Asos (O‘zak): Himoya (Ot).So‘z yasovchi affiks: -chi. Bu o‘zbek tilida shaxsning kasbi, mashg‘uloti yoki biror narsaga moyilligini bildiruvchi eng faol qo‘shimcha hisoblanadi. Lisoniy xususiyati: -chi qo‘shimchasi bu o‘rinda "biror ishni (himoya qilishni) o‘ziga kasb qilib olgan shaxs" ma’nosini yuklaydi.
Гиперонимы:
  1. Huquqshunos
  2. Kasb oti
Халонимы:
  1. HUQUQ TIZMI