O'zbek tili elektron tezaurusi

Print

Ustoz

Мастер

Master

Izoh: Ustoz" so‘zi "o‘qituvchi"dan farqli o‘laroq, faqat ma’lumot beruvchi emas, balki shaxsni shakllantiruvchi, unga hayot yo‘lini ko‘rsatuvchi insondir. U nafaqat maktabda, balki san’at, hunarmandchilik va sportda ham markaziy figura hisoblanadi.
Namuna: U o‘z sohasining haqiqiy ustozi bo‘lib, o‘nlab yosh mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazgan.
Etimalogiyasi: Forscha "ustod" (usta, mohir, o‘rgatuvchi) so‘zidan olingan. Turkiy tillarda bilim va hunar o‘rgatuvchi shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Derevatsion yasalishi: Ustoz (o‘zak) + -lik (mavhum ot) = Ustozlik (faoliyat nomi). Shogird — "Ustoz" so‘zi bilan doimiy juftlikda keluvchi korrelyat (to‘ldiruvchi) tushuncha.
Giperonimlar:
  1. Kasb oti
Halonimlar:
  1. Ta'lim tizimi
Maqollar:
  1. "Ustoz otangday ulug‘ "
  2. "Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rgalar."
  3. "Ustozidan o‘zmagan shogird — shogird emas."
  4. "Ustoz mahorati — shogird kamoloti.
Iboralar:
  1. Ustozini etagidan tutmoq
  2. Ustozni duosini olmoq
Birikmalar:
  1. Ustoz-shogird an’anasi
  2. Birinchi ustoz
  3. Ustozlar ustozi